Yevropa Ligasi, saralash bosqichi. "Rostov" "Makkabi" Xayfa – "Qayrat" juftligi g'olibiga qarshi o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2020
"Rostov"ning Yevropa ligasi saralash bosqichi 3-kvalifikacion raundidagi ehtimoliy raqibi ma'lum.

Xayfaning "Makkabi" klubi Yevropa Ligasining birinchi saralash bosqichida "Jeleznichar"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Isroil klubi keyingi bosqichda "Qayrat"ga qarshi saf tortadi va ushbu juftlik g'olibi 3-raundda "Rostov" bilan to'qnash keladi.

"Rostov" va "Makkabi" – "Qayrat" juftligi g'olibi o'rtasidagi o'yin 24 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia