Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlandi: "Barselona" "Manchester Yunayted" bilan ro'baro' keladi

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022, 17:22
Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Demak, quyidagi juftliklar shakllandi:

"Barselona" – Manchester Yunayted"

"Yuventus" – "Nant"

"Sporting" – "Midtyulland"

"Shaxtyor" – "Renn"

"Ayaks" – "Union"

"Bayer" – "Monako"

"Sevilya" – PSV

"Red Bull Zalcburg" – "Roma"


Qur'ada 16 ta klub qatnashdi: Yevropa Ligasi guruh bosqichida ikkinchi o'rinni egallagan sakkizta jamoa, Chempionlar Ligasi guruh bosqichida uchinchi o'rinni egallagan sakkizta klub esa saralanmaganlar qatoridan joy oldi.

Saralanganlar: "Manchester Yunayted" (Angliya), "Midtyulland" (Daniya), "Monako" (Fransiya), "Nant" (Fransiya), PSV (Niderlanidya), "Roma" (Italiya), "Renn" (Fransiya), "Union" (Germaniya).

Saralanmaganlar: "Ayaks” (Niderlandiya), "Bayer" (Germaniya), "Barselona" (Ispaniya), "Red Bull Zalcburg" (Avstriya), "Sevilya" (Ispaniya), "Sporting" (Portugaliya), "Shaxtyor" (Ukraina), "Yuventus" (Italiya).

Yevropa Ligasi pley-off bosqichida bir mamlakat jamoalari to'qnash kela olmaydi.

Jamoalar har bir uchrashuvni uyda va safarda o'tkazadi. Saralangan jamoalar javob o'yinlarini o'z uylarida o'tkazishadi.

Birinchi pley-off o'yinlari 16 fevralga belgilangan. Javob o'yinlari bir haftadan keyin o'tkaziladi.

Pley-off bosqichi g'oliblari Yevropa Ligasi 1/8 finaliga yo'l olishadi. Mag'lubiyatga uchraganlar evrokuboklardan chiqib ketishadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia