Yevropa ligasi. Ozarbayjon klubi a'zosi 3-turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2016
Karabax yarim himoyachisi Dani Kintana Yevropa ligasida 3-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Gretsiyaning PAOK klubiga qarshi o'yinda (2:0) ispaniyalik futbolchi gol urdi.

UEFA rasmiy saytidagi so'rovnomada Kintana 69% ovoz oldi. Futbolchi Viktor Ibarbo (Panatinaikos, 8%), Kevin Monne-Pake (Sent-Eten, 8%) va Pol Pogbani (Manchester Yunayted, 7%) ortda qoldirdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com