Yevropa ligasi. "Keshla" musobaqani tark etdi, Nasimov 64 daqiqa o'ynadi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2018
O'zbekistonlik hujumchi Bahodir Nasimov Ozarbayjonning "Keshla" klubi bilan shartnoma tuzgani haqida xabar bergandik.

Kecha Ozarbayjon kubogi sohibi bo'lgan mazkur klub Yevropa ligasi 1-saralash bosqichi javob uchrashuvi doirasida Maltaning "Balzan" klubini qabul qildi.

Birinchi o'yinda Malta vice-chempioni 4:1 hisobida zafar quchgandi. Kechagi bahsda "Keshla" 2:1 hisobida g'alaba qozonganiga qaramay musobaqani tark etdi. Bahodir Nasimov asosiy tarkibda maydonga tushib 64 daqiqa harakat qildi.


"Keshla" (Ozarbayjon) - "Balzan" (Malta) 2:1
Gollar:
Kolli 11 penalti, Alhasanov 90+1 - Maydevac 90+6


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia