Yevropa chempionatida jamoa sardoridan boshqa o'yinchining hakamga etiroz bildirishi taqiqlanadi

Оқил Абдубарноев
9 apr 2024
UEFA tomonidan navbatdagi selektorlar yig'ilishi o'tkazildi.

Germaniya yashil maydonlarida o'tkaziladigan Yevropa Chempionati start olishiga oz fursat qoldi. 

UEFAning Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi sessiyasida 24 nafar malakali selekcionerlarni chaqirilib, bir qancha masalalar ko'rib chiqildi.

Tashkilot bo'lajak turnirda hakamlarni himoya qilmoqchi va selekcionerlarni faqatgina jamoa sardori hakamga murojaat qilishi mumkinligi to'g'risida ogohlantirgan. Agarda boshqa o'yinchi norozilik bildirsa, u avtomatik ravishda sariq kartochka bilan jazolanadi.

Shuningdek, jamoalarning yakuniy qaydnomasidan 23 nafar futbolchi 26 o'yinchiga ko'paytirilishi mumkin. Bu borada yaqin orada qaror e'lon qilinadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: UEFA