Evrokuboklarning hafta futbolchilari ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
10 noya 2023
"Atletiko" yetakchisi Antuan Grizmann YCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Madrid klubining 32 yoshli futbolchisi "Seltik"ka qarshi o'yinda dubl qayd etdi. U ovoz berish jarayonida "Arsenal" vingeri Bukayo Saka, "Real" yarim himoyachisi Rodrigo hamda "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandni ortda qoldirdi.

Yevropa ligasida esa "Yunion"ga qarshi o'yinda dubl+assist amalga oshirgan LASK xavbeki Sasha Xorvat eng yaxshisi deb topilgan bo'lsa, Konferenciyalar ligasida "Breydablik" darvozasiga uch marta yo'l topgan "Gent" forvardi Gift Orbanga etadigani topilmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com