Evro-2024. Slovakiya va Ruminiya murosa ko'chasini tanlashdi

Omonjon To`xtamirzayev
26 iyun 2024
Germaniyada o'tkazilayotgan Evro-2024 guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan Slovakiya – Ruminiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Slovakiya – Rumyniya 1:1
"Doyche bank Park" stadioni
Gollar
: 1:0 – 24 Duda, 1:1 – 37, Marin penaltidan.

Slovakiya – Dubravka, Pekarik (Domber, 90), Shkrinyar, Vavro, Gancko, Kucka, Lobotka, Duda (Bero, 90), Garaslin (Suslov, 70), Shranc (Dyurish, 78), Strelec (Bojenik, 70).

Ruminiya – Nice, Raciu, Burke, Dregushin, Banku, Xadji (Man, 66), Stanchu, Marin (Rus, 86), Marin, Dregush (Pushkash, 67), Koman (Soresku, 58).

Ohlantirishlar: Burke (45+1), Banku (45+3), Pushkash (88), Duda (90+1).



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+4-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi!

90+2-daqiqa. O'zgarishlar! Duda va Pekarik o'rniga Norbert hamda Matush Bero maydonga tushdi. 

90+1-daqiqa. Ogohlantirish! Ondrey Duda Dennis Manga nisbatan fol uchun kartochka ishlab oldi. 

90-daqiqa. Zaxira hakami uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berilganini ma'lum qildi. 

90-daqiqa. O'yin davom etadi. 

Milan maydonda yotibdi. Shifokorlar unga yordam ko'rsatishi zarur.

88-daqiqa. Ogohlantirish! George Pushkash Shkrinyarga nisbatan fol uchun kartochkaga loyiq ko'rildi.

86-daqiqa. O'zgarish! Rezvan Marin o'rnini Adrian Rusga bo'shatib berdi.

83-daqiqa. Marius Marin Denis Vavroga nisbatan fol ishlatdi.

77-daqiqa. O'zgarish! Ivan Shranc o'rnini David Dyurishga bo'shatib berdi.  

75-daqiqa. Robert Bojenik to'p uchun kurashda Dragushinga nisbatan fol ishlatdi. 

72-daqiqa. Florin Nice ishonchli o'ynadi. 

70-daqiqa. O'zgarishlar! David Strelec va Lukash Xaraslin o'rnini Tomash Suslov hamda Robert Bojenikka bo'shatib berdi.

68-daqiqa. O'yinchilarini alishtirgan Ruminiya raqib darvozasiga xavf solishga urinib ko'rdi.  

67-daqiqa. O'zgarish! Denis Dregush o'rniga esa George Pushkash maydonga tushirildi.  

66-daqiqa. O'zgraish! Yannis Xadji o'rniga Dennis Man o'yinga qo'shildi. 

65-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 55% - 45% Slovakiya foydasiga.  

62-daqiqa. Frankfurtda chelaklab yomg'ir yog'ishni boshladi!

60-daqiqa. David Gancko to'pni uzoqlashtirib, xavfni bartaraf etdi. 

58-daqiqa. O'zgarish! Florinel Koman o'rnini Deyan Soreskuga bo'shatib berdi. 

55-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam qaroriga qarshi chiqib, noroziligini ochiq namoyish qilgani uchun mehmonlar ustozi Eduard Yordaneskuga kartochka ko'rsatildi.  

53-daqiqa. Peter Pekarik "podkat"da to'pni jamoasiga qaytarib berdi. 

52-daqiqa. Lukash Xaraslin yaxshi zarba yo'lladi, lekin bu safar Florin Nice jamoasini goldan qutqardi.   

51-daqiqa. Martin Dubravka oldinroqqa chiqib, xavfni bartaraf etdi. 

48-daqiqa. Slovakiya hujumga o'tdi. David Gancko o'yindan tashqari holatda qolib ketgani ma'lum bo'lmoqda.  

48-daqiqa. Lukash Xaraslin burchak zarbasidan to'pni sheriklariga yo'lladi, ammo slovakiyaliklardan hech kim unga eta olmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+4-daqiqa. Bo'ldi,bosh hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha durang - 1:1. Tanaffus! 

45+4-daqiqa. Ogohlantirish! Nikushor Banku to'p uchun kurashda Ivan Shrancga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi!

45+3-daqiqa. Marius Marin to'pni uzoqlashtirib, xavfni bartaraf etmoqda.  

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! Ruminiya termasi vakili Andrey Burkega sariq kartochka ko'rsatildi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44-daqiqa. David Strelec yaxshi zarba berdi, lekin mo'ljalda biroz adashdi. 

43-daqiqa. Denis Dregush zarba uchun imkon topdi, lekin Dubravka ham ishonchli harakat qildi.   

41-daqiqa. Ruminiyaning navbatdagi hujumi besamar ketdi.

To'pga egalik qilish 60% - 40% Slovakiya foydasiga.

40-daqiqa. Milan Shkrinyar havodagi kurashda Rezvan Marindan ustun keldi. 

37-daqiqa. GOOOOOOOL! Rezvan Marin penaltini ishonchli tarzda amalga oshirdi va muvozanatni tikladi!

35-daqiqa. Ogohlantirish! David Gancko Yannis Xadjiga nisbatan qo'polligi uchun kartochkaga loyiq ko'rildi.

35-daqiqa. PENALTI! Hakam nuqtaga ishora qilmoqda.

34-daqiqa. Andrey Raciu zarba yo'lladi, Dubravka o'z o'rnida.  

30-daqiqa. Slovakiya to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

27-daqiqa. Ruminiyaning hujumi qovushmadi. 

24-daqiqa. GOOOOOOL! DUDA! Slovakiya hisobni ochdi! Ondrey ikki himoyachi e'tiboridan qochishga muvaffaq bo'ldi va baland sakrab, bosh bilan aniq zarba yo'lladi. 

23-daqiqa. Stanchu jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo'lladi.

22-daqiqa. Zarbani Xaraslin amalga oshirdi. U jarima maydonchasi ichi, darvoza tomon yo'llagan to'piga yo'l-yo'lakay bir nechta futbolchi zarba berishi mumkin edi. Ayniqsa Shkrinyar bunga yaqin kelgandi.  

21-daqiqa. Radu Dragushin Ondrey Dudaga nisbatan qo'pol harakat qildi - fol, standart vaziyat.

19-daqiqa. Vavro o'z ishini a'lo darajada bajardi.

16-daqiqa. Xaraslin yana bir bor burchak zarbasini amalga oshirdi. Uzatmadan keyin Nice to'pni mushtlari bilan uzoqlashtirdi.  

14-daqiqa. Slovaklar to'pni o'z nazoratida ushlab turishibdi. 

12-daqiqa. Maydon markaziga yaqin hududa qoida buzildi. Kucka raqibini qoidabuzarlik yordamida to'xtatib qoldi. 

9-daqiqa. Kuckaning urinishidan keyin ruminlar kiperi Nice to'pni osonlik bilan egallab oldi. 

8-daqiqa. Slovakiya terma jamoasi burchak zarbasi ishlab oldi. 

5-daqiqa. Slovakiyaning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumi omadsiz yakunlandi.

4-daqiqa. Milan Shkrinyar "podkat" tashlab, to'pni jamoasiga olib berdi. 

2-daqiqa. Andrey Ratiu havodagi kurashda Ondrey Dudadan ustun keldi. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!

Mamlakatlar madhiyalari yangramoqda. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia