Evro-2024 da Italiya terma jamoasining sardori kim bo'lishi ma'lum

Khoja
1 iyun 2024
Italiya terma jamoasi ustozi Luchano Spalletti Evro-2024 musobaqasida jamoasini kim sardor sifatida maydonga boshlab tushishini ma'lum qildi.

Jamoa sardori Janluidji Donnarumma qoladi. Keyinchalik yana bu haqida o'ylab ko'ramiz, biroq musobaqaga Donnarumma sardor bo'lib tushadi, - dedi terma jamoa ustozi.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli darvozabon Italiya terma jamoasi safida 61 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 27 ta bahsda o'z darvozasidan gol olib chiqmagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com