Evro-2020 saralashdagi har bir g'alaba uchun Rossiya termasi a'zolariga qancha to'lanishi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
7 okt 2019, 22:20
Metaratings Rossiya terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi Evro-2020 saralashidan o'rin olgan uchrashuvlardagi g'alaba uchun mamlakat futbol federatsiyasi ularga qancha mablag' berishini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, muvaffaqiyat uchun bosh jamoa o'yinchilarining har biriga 10 ming evro, murabbiylarga esa 15 ming evrodan mukofot pullari taqdim etiladi. 

Eslatib o'tamiz, Stanislav Cherchesov boshqaruvidagi terma jamoa 10 oktyabr kuni Shotlandiya bilan 13 oktyabrda esa Kiprga qarshi bahs olib boradi. Rossiyaliklar hozirda I guruhida 15 ochko bilan 2-o'rinda borishmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Metaratings