"Everton" Todibo borasida "Barselona"ga taklif yubordi

Alisher
27 may 2020
"Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todibo "Everton"ga o'tishga yaqin.

"Gudison Park" "ko'k-anorranglilar"ga 20 yoshli o'yinchi borasida 25 million evrolik taklif yubordi.

Xabarlarga ko'ra, "Everton" to'lov sifatida 22 million to'lamoqchi va 3 million bonuslar ko'rinishida belgilangan.

Eslatib o'tamiz, Todibo ayni damda ijara asosida "Shalke"da o'ynamoqda. Futbolchi joriy mavsum Gelzenkirxen jamoasi tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es