Eusebio Di Franchesko: “Liverpul” bilan o'yinda himoyaga e'tibor beramiz
“Roma” bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko YCHL yarim finalida “Liverpul”ga qarshi birinchi o'yin oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.
“Jamoaviy o'yin ko'rsatishimiz kerak. Himoyaga boshqacha e'tibor qaratishimiz lozim. Taktika birinchi o'ringa chiqadi, uni juda ham yaxshi tushunib olish kerak. “Roma” yuqori mahoratli jamoaga qarshi o'ynaydi”, - deydi Di Franchesko.