Uotford darvozaboni Eurelio Gomes kecha Aston Villaga qarshi o'yinda (2:3) jarohat oldi.
Braziliyalik darvozabon 67-daqiqada raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi va uning bosh miyasi chayqalgani aniqlandi. Uning o'rniga Gedryus Arlauskis maydonga tushdi. Gomes qancha muddatga safdan chiqqani hozircha ma'lum emas.