Eto'O: Gvardiola "Bavariya" bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozona olmadi, Mourinyo esa "Portu" bilan ushbu turnir g'olibiga aylandi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2022
"Barselona"ning sobiq hujumchisi Samyuel Eto'O Pep Gvardiolaning murabbiylik mahoratini Joze Mourinyoniki bilan qiyosladi.

Eslatib o'tamiz, kamerunlik hujumchi Pep qo'l ostida "Barselona"da o'ynagan, Mourinyo bilan esa "Inter" va "Chelsi"da ishlagan.

"Gvardiola yoki Mourinyo? "Bavariya" bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozona olmagan murabbiyni "Portu" bilan ushbu turnirda g'alaba qozongan murabbiy bilan taqqoslab bo'lmaydi", - deydi kamerunlik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola "Bavariya" bilan Chempionlar ligasining yarim final bosqichida uch marta musobaqa bilan xayrlashgan. 2009 yilda ispaniyalik mutaxassis Samyuel Eto'Oni "Inter"ga sotish va uning o'rniga Zlatan Ibragimovichni taklif qilish g'oyasining asosiy tashabbuskori bo'lgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: euro-football.ru