Etirozga o'rin yo'q, Eron terma jamoasini JCHda ham Skochich boshqaradi

Xayrulla Xoliqov
21 apr 2022
Eron futbol federatsiyasi rahbari Mirshad Majedi terma jamoa bosh murabbiyi bilan bog'liq savolga javob berdi.

"Mantiqan olib qarasak, bosh murabbiyni almashtirishdan foyda yo'q. Chunki Dragan Skochich qattiq mehnat qilib, qiyin ahvolda qolgan jamoani jahon chempionatiga olib chiqdi. Shu bois hozirgi paytda biz uchun eng maqul murabbiy". 

"Jahon chempionatidan so'ng kelasi yil Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi. Agar xorvatiyalik murabbiy mundialda o'zini ko'rsatsa, Osiyo Kubogiga ham jamoani tayyorlash imkoniyatiga ega bo'ladi".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com