

"Bizga ikkita urush tiqishtirildi"
Vazirning so'zlariga ko'ra, so'nggi siyosiy voqealar va yo'qotishlar jamoaning turnirga borishini imkonsiz qilgan:
"Korrupsiyaga botgan hukumat tomonidan yetakchimiz o'ldirilganidan so'ng, Jahon chempionatida ishtirok etishimiz uchun hech qanday sharoit qolmadi.
Eronga qarshi amalga oshirilgan shafqatsiz harakatlar fonida - sakkiz yoki to'qqiz oy ichida bizga ikkita urush tiqishtirildi va buning oqibatida minglab vatandoshlarimiz halok bo'ldi. Bunday og'ir sharoitda musobaqada qatnashish uchun bizda umuman imkoniyat yo'q", - dedi Dunyomali.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.



