"Estudiantes" Maskeranodan so'ng jamoaga MYU futbolchisini olib kelmoqchi

Alisher
25 yanv 2020
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo Argentinaga qaytishi mumkin.

Argentinalik futbolchi "Estudiantes" bilan muzokaralar olib bormoqda. Roxo aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Himoyachi "Manchester Yunayted"ga 2014 yilda Lissabonning "Sporting" jamoasidan o'tgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Argentina klubi o'tgan yilning so'nggida Xaver Maskeranoning transferini e'lon qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Ole