36 yoshli Maskerano futbolchilik faoliyatini yakunladi

Alisher
16 noya 2020, 13:07
"Estudiantes" himoyachisi Xaver Maskerano o'yinchilik faoliyatini yakunladi.

36 yoshli futbolchining La-Plata klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan edi.

O'yinchi bu haqda fikr bildirar ekan, so'nggi oylarda shaxsiy hayotidagi voqealar sabab shunday qarorga kelganini va unga Argentinaga qaytishga imkoniyat yaratib bergan "Estudiantes" klubini xurmat qilishini aytdi.

Xaver futbolchilik faoliyati paytida "Estudiantes"dan tashqari "River Pleyt", "Korintians", "Vest Xem", "Liverpul" va "Barselona" va "Xebey Chayna Forchun" klublari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: goal.com