Eshitdik-da: Usmon Toshev tavsiyasi bilan Inileev yangi O'zbekiston OTJga murabbiy bo'ladi

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2022, 10:51
Bu yildan 2005 yilda tug'ilgan O'zbekiston terma jamoasi tashkil etiladi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, ushbu terma jamoaga Rauf Inileev bosh murabbiy bo'ladi. Uning nomzodi O'FA terma jamoalar markazi rahbari Usmon Toshev tomonidan ilgari surilgan.

Ma'lumot uchun, Rauf Inileev so'nggi 5 yilda hech qaysi jamoada faoliyat olib bormagan edi.

Ushbu terma jamoamiz 5-14 fevral kunlari Minsk shahrida o'tkaziladigan "Rivojlanish Kubogi" xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia