Eshitdik-da! "So'g'diyona" - "Nasaf" o'yiniga muxlislar kiritilmaydi

10 noya 2021, 20:30
"Nasaf" Superliganing 25-turida Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi.

Mazkur jamoalarning O'zbekiston kubogi chorak final bosqichi doirasidagi o'yinida mezbon jamoa rasmiylari stadionda kichik janjal kelib chiqishiga sabab bo'lgan va muxlislar stadionga turli buyumlarni uloqtirib, tartibsizlik qilishgan edi. 

Championat.asia'ga ma'lum bo'lishicha, Tartib-intizom qo'mitasi bu holatni o'rganib chiqib, "So'g'diyona"ga 20 noyabr sanasiga belgilangan o'yinni muxlislarsiz o'tkazish intizomiy chorasini ko'rgan.

Maqola: Superliga. "Qo'rqinchli" 11 ta fakt ("Surxon" muxlislari uchun)


Manba: championat.asia