Eshitdik-da! "Paxtakor" futbolchisi ikkinchi davrani "Andijon"da boshlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
29 may 2025
"Paxtakor" himoyachisi Shahzod Azmiddinov jamoasini o'zgartirish ehtimoli bor.

24 yoshli futbolchi "Paxtakor" tarkibida oxirgi bor 3 may kuni Superliga 8-turida "Surxon" bilan (1:2) bahsda maydonga tushgandi. Shundan keyin u ketma-ket 4 o'yinda qaydnomadan o'rin olmadi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, Maksim Shackix qo'l ostidagi "Andijon" jamoasi Azmiddinovni yozgi transfer oynasida "Paxtakor"dan ijaraga olmoqchi. Muzokaralar boshlangan. Agar tomonlar o'zaro kelisha olsa, futbolchi ikkinchi davrani "Andijon" safida o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia