Eshitdik-da! Oybek Bozorovga Superliganing 2 klubi jiddiy qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
5 dek 2023
Mamlakatimizda Superliga mavsumi o'z nihoyasiga etdi va jamoalar keyingi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan.

"Championat.asia" olgan ma'lumotlarga ko'ra, Qarshining "Nasaf" jamoasi vingeri Oybek Bozorovga Superliganing ikki klubi "So'g'diyona" hamda "Navbahor" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoalar futbolchi bilan aloqaga ham chiqishgan. Jizzaxliklar ham, namanganliklar ham yangi mavsumda oldilariga jiddiy maqsadlarni qo'yishmoqchi. Muzokaralar qaysi bosqichgacha yetib borishini esa vaqt ko'rsatadi.


Eslatib o'tamiz, Oybek Bozorov ortda qolgan mavsum Superliga, O'zbekiston kubogi va OCHLda jami 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bu bellashuvlarga u o'z hisobiga 4 ta gol va 6 ta assistni yozdirib qo'ydi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia