Eshitdik-da! "Olimpik"ning yana bir futbolchisi Superliganing boshqa klubiga o'tmoqda

Tolibjon Qosimov
24 iyul 2024, 11:42
Superliga klublari tarkibni shakllantirish jarayonini davom ettirishmoqda.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Olimpik"ni yozgi transfer oynasida yana bir futbolchi tark etadi. Gap chap qanot himoyachisi Ahmadullo Muqumjonov haqida ketmoqda. 22 yoshli o'yinchining transfer huquqi OKMK klubiga tegishli. Muqumjonov 2-davrani ijara aosida "Bunyodkor"da o'tkazadi. Klub va futbolchi o'rtasidagi muzokaralar yakuniy pallada.

Eslatib o'tamiz, 9 iyul kuni transfer huquqi OKMKga tegishli bo'lgan va "Olimpik"da o'ynab kelayotgan boshqa bir himoyachi Asad Rahimjonov ham "Bunyodkor"ga o'tayotgani haqida xabar bergan edik. Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, "qaldirg'ochlar" Rahimjonov bilan futbolchi Olimpiadaga yo'l olishidan avval shartnoma imzolab bo'lishgan.

Eshitdik-da! Parij Olimpiadasiga boradigan OTJ a'zosi "Bunyodkor"ga o'tmoqda 

Ma'lumot uchun, Ahmadullo Muqumjonov joriy mavsum Superliga va O'zbekiston kubogida jami 15 ta o'yin o'tkazdi va bitta gol urib, 4ta assist qayd etdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia