Eshitdik-da! Nikolay Minchev "Paxtakor"da ish boshladi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2022
"Nasaf" klubi sobiq futbolchisi va sport direktori Nikolay Minchev Toshkent klubida ish boshladi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Nikolay Minchev Toshkentning "Paxtakor" klubida texnik direktor bo'lib ishlaydi. Tez orada klub bu haqda rasman xabar berishi kutilmoqda. 

Ma'lumot uchun, Nikolay Minchev 2009-2010 yillarda Qarshining "Nasaf" klubi safida to'p tepgan. 2016-2019 yillarda "Nasaf" klubi murabbiylar shtabi va rahbariyatida faoliyat olib borgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia