Eshitdik-da! "Navbahor"ga o'tgan Marushich eski va yangi klubini qiyin ahvolda qoldirmoqda

Tolibjon Qosimov
21 yanv 2022
19 yanvar kuni "Navbahor" jamoasi serbiyalik hujumchi Zoran Marushich bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.

Gruziyada yil futbolchisi va to'purari bo'lgan futbolchi "Navbahor"ga o'tdi

20 yanvarda esa Namangan klubi matbuot xizmati bu haqda rasmiy ma'lumot berdi.

"Championat.asia" saytiga ma'lum bo'lishicha, futbolchining "Dinamo" (Tbilisi) bilan shartnomasi 1+1 ko'rinishda ekan. Bu o'rinda sobiq jamoasi uni ortga qaytarmoqchi. Hujumchining o'zi esa Gruziyaga qaytmagan va "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Tbilisi klubi Marushich bilan shartnoma borasida sudlashmoqda.

"Dinamo" kecha "Navbahor" klubiga futbolchining transfer summasini to'lash bo'yicha rasmiy xat yuborgan. Agar "Navbahor" Zoran transferini "Dinamo" bilan hal etmasa va gruziyaliklar futbolchi shartnomasi bo'yicha haq bo'lib chiqsa, u holda "Navbahor" va Marushichga FIFA tomonidan diskvalifikaciya qo'llanishi mumkin.

Agar bu ishda Marushich haq bo'lsa, unda hujumchi "Navbahor"da faoliyatini davom ettiradi.

Serbiyalik hujumchiga mamlakatimizning boshqa bir klubi "Neftchi" ham 2 oy avval qiziqqan va 2021 yilning dekabrida rasmiy taklif yuborgan. Lekin, "Navbahor" futbolchiga "Neftchi" taklif etgan summadan ko'proq taklif qilgani uchun Zoran "Navbahor"ni tanlagan.


Ma'lumot uchun: "Dinamo" Tbilisi Marushichning transferi uchun taxminan 300 ming AQSH dollari so'ramoqda. Uning transfermarkt portalidagi narxi 450 ming evroga teng.

Voqealar qanday rivoj olishini vaqt ko'rsatadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia