Eshitdik-da! Kapadze O'zbekiston terma jamoasidan ketdi

Оқил Абдубарноев
9 noya 2025
44 yoshli mutaxassis terma jamoaning Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig'iniga bormaydi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadigan xalqaro o'rtoqlik turnirida qatnashadi. 

Musobaqada 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'l olgan O'zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, ushbu yig'inda O'zbekiston terma jamoasini mundalga olib chiqqan Timur Kapadze ishtirok etmaydi. Rahbariyat uning faoliyatini shu erda to'xtatishga qaror qilgan.

Delegaciya ertaga BAAga jo'nab ketadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia