Eshitdik-da! Islomjon Qobilov Janubiy Koreyaga yo'l olishi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 dek 2020
O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi himoyachisi Islomjon Qobilov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, 1 yanvar kuni erkin agentga aylanadigan Qobilovga Janubiy Koreya klublaridan takliflar mavjud. Oldinroq agar himoyachi chet el klubiga ketmasa katta ehtimol bilan Toshkentning boshqa bir jamoasi "Lokomotiv"ga o'tishi haqida xabar bergandik.

Ma'lumot uchun, Islomjon Qobilov 2020 yilgi Superligada "Bunyodkor" safida 25ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia