Eshitdik-da! “Andijon” OKMKdan Xebay uchun qancha so'ragani ma'lum

Khoja
10 yanv 2024, 15:16
Xabaringiz bor, avvalroq OKMK “Andijon” hujumchisi Rubin Xebayga qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.

Xebayning andijonliklar bilan yana bir yillik shartnomasi borligi uchun Olmaliq jamoasi hujumchini sotib olishlari lozim bo'ladi. Olingan ma'lumotlarga qaraganda, “Andijon” hujumchisi uchun OKMKdan 200 ming dollar (taxminan 2,5 milliard so'm) so'ragan. Agarda Qosimov jamoasi ushbu summani to'laydigan bo'lsa, yangi mavsumda Xebay OKMK safida boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, Xebay o'tgan mavsum Superligada 12 ta gol urishga erishgandi va 2023 yil yakunlari bo'yicha O'zbekiston Superligasining eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilindi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia