2020 yilgi mavsum Pro ligada hal qiluvchi golni urgan Asilbek Qayumov Superliga klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2022
Yaypanning "Turon" klubi yosh hujumchisi Asilbek Qayumov faoliyatini Bekobod jamoasida davom ettiradi.

"Metallurg" klubi 19 yoshli hujumchining transferini e'lon qildi.

"Asilbek Qayumov 2002 yilning 6 avgust sanasida Farg'ona viloyati Marg'ilon shahrida tug'ilgan. "Turon" jamoasi bilan ikkinchi ligadan Superligagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan. 

U o'tgan yilgi mavsum oxirida olingan jarohat bois bu yilgi Pro liga bahslari maydonga tusha olmadi. Jarohatidan forig' bo'lib, jamoaning umimiy mashg'ulotlarida qatnashib keldi. Yozgi transfer oynasida esa "Metallurg"dan tushgan taklifga rozilik bildirdi", – deyiladi bekobodliklar matbuot xizmati bergan xabarda.

Asilbek Qayumov o'tgan mavsum "Turon" U-21 safida 8 ta bahsda maydonga tushgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 2020 yil oxirida Pro liga 20-turida "Neftchi" darvozasini ishg'ol qilib, "Turon" Superligiga yo'l olishiga sababchi bo'lgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia