Ertaga start oladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar ichida eng ko'p legioner Suriyada

Mirjalol Normatov
28 fev 2023
Nodirxo'ja Yo'ldoshev o'z telegram kanalida Osiyo chempionatida ishtirok etadigan termalar tarkibidagi legionerlar borasida ma'lumotlarni taqdim qildi.

"Ertaga start oladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar ichida eng ko'p legioner Suriyada, 6 nafar.

Kuni kecha bir tanishimga aytgandim, yana besh-olti yillardan keyin Suriya o'smirlar va yoshlar terma jamoalari, keyinchalik milliy terma jamoasi Osiyoda top darajaga chiqadi. Buni Marokash misolida ko'rdik. 2011 yil Suriya davlatida boshlangan urush ortidan juda ko'plab mahalliy axoli Vatanni tark etishga majbur bo'ldi. Ular Turkiya orqali Yevropaga kirib oldilar. Bugun mana shu xalq vakillarining farzandlari Yevropaning turlik futbol akademiyalarida qatnashyapti. Milliy chempionatlarda o'ynayaptilar. Mening shaxsiy fikrim, ular terma jamoa sifatida keyinchalik Suriyani tanlab boraveradilar va bu biz uchun juda bir jiddiy raqib shakllanayotganidan dalolat.

Ertaga biz aynan Suriya terma jamoasiga qarshi bahs olib boramiz. Tarkibda necha nafar legioner maydonga tushishi ko'ramiz va ularning saviyasga ham baho berishimiz mumkin bo'ladi.

Musobaqa ishtirokchilari orasida kimda, qancha legioner degan savolga javob:

1. Suriya  - 6

2. Avstraliya - 4

3. Tojikiston  - 3

3. Iordaniya - 3

4 O'zbekiston - 2

4. Qirg'iziston - 2

4. Iroq  - 2

5. Indoneziya  - 1

5. Janubiy Koreya - 1

5. Yaponiya - 1

5. Xitoy - 1

Yaponiya terma jamoasi safida "Barselona" akademiyasidan, Xitoyda esa "Atletiko" Madriddan futbolchi bor. 

Saudiya Arabistoni va Vetnam terma jamoalarida legioner yo'q. Qatar, Ummon va Eron tarkiblar chiqmagan", - deb yozadi Nodirxo'ja Yo'ldoshev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/Nadirkhuja