

"Qirollik klubi" vakillari ushbu bahsda "Santyago Bernabeu" stadioni tomini yopish uchun UEFAdan ruxsat so'ramoqchi. Bu ishdan maqsad - stadiondagi shovqinni maksimal darajada baland qilish.
Eslatib o'tamiz, "Real"dagilar 2019 yilda "Santyago Bernabeu" arenasi rekonstrukciyasini boshlashgan edi. Ayni damda ishlar to'liq yakunlanmagan va yangilangan stadion kelasi mavsum taqdim etilishi kutilmoqda.



