Ertaga "Lokomotiv" stadioniga keladigan muxlislar uchun iftorlik tashkil qilinadi

Xayrulla Xoliqov
15 apr 2021, 22:53
"Lokomotiv" PFK barcha musulmon ahlini muborak Ramazon oyi bilan qutlaydi.

Xabaringiz bor, ertaga TTZdagi "Lokomotiv" stadionida Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Toshkent derbisi maqomiga ega ushbu bahs nihoyatda qiziqarli kechishi kutilmoqda. 

Ertaga o'yinni kuzatish maqsadida stadionimizga tashrif buyuradigan ro'zador muxlislar uchun "Lokomotiv" futbol klubi tomonidan iftorlik tashkil qilinadi. Shuningdek, tanaffus paytida ishqibozlarning namoz o'qib olishlari uchun stadionda qulay sharoit yaratilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvi soat 18:15da boshlanadi. Ertaga, 16 aprel kuni iftorlik vaqti soat 19:06da. 

"Lokomotiv" stadioniga tashrif buyuring va ajoyib futbol spektakli guvohi bo'ling. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz