"Barselona" Ramazon oyiga Yamal uchun o'tgan yildagi kabi maxsus ovqatlanish rejasini ishlab chiqdi

Administrator
19 fev 2026
"Barselona" Ramazon paytida Yamalga yordam ko'rsatadi.

Lamin Yamal "Barselona" tibbiyot xodimlarining maxsus ishlab chiqqan ovqatlanish rejasiga o'tadi. 2026 yilda Ispaniyada musulmonlar uchun muqaddas bo'lgan Ramazon oyi 18 fevralda boshlanib, 19 martda yakunlanadi. Ro'za paytida musulmonlar tong otishidan to quyosh botgunicha eyish-ichishdan tiyiladilar. Quyosh botganidan so'ng kechki ovqat qilinadi, bunda ham ortiqcha ovqatlanish maqbul hisoblanmaydi.

Yamal uchun bu ro'za tutadigan ikkinchi Ramazon bo'ladi. "Barselona" yana bir bor o'yinchi uchun kun tartibining o'ziga xos jihatlarini hisobga olgan va ortiqcha ovqatlanishga olib kelmaydigan maxsus taomnoma tayyorladi.

Yamal ro'za paytidagi ilk o'yinni 22 fevral kuni soat "Levante"ga qarshi o'tkazadi.


AdministratorMuallif
Manba: As