

Shu kuni "temiryo'lchilar" o'z uylarida Eronning "Sepaxon" klubini qabul qilishadi.
Ertaga esa "Lokomotiv" - "Sepaxon" o'yini oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida miting, shuningdek matbuot anjumani bo'ladi.
Jamoa rasmiylari o'rtasidagi yig'ilish soat 11:00 va matbuot anjumani 12:00da boshlanadi. Barcha tadbirlar “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi.
Biz futbol sohasida faoliyat olib borayotgan barcha Ommaviy axborot vositalari vakillarini ertangi o'yinoldi matbuot anjumaniga taklif etib qolamiz.



