Eronning asosiy tarkib futbolchisi BAAga qarshi o'ynamaydi. U O'zbekistonga qarshi bahsgacha maydonga qaytmoqchi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2025
Eron terma jamoasi yarim himoyachisi Said Izzatullohi jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bellashuvda ishtirok etmasligini ma'lum qildi.

"Shabab Al Ahli" futbolchisi terma jamoa yig'iniga chaqiriligan bo'lishiga qaramay, Eron lageriga jarohat bilan yetib keldi. 

Izzatullohi "Sharja"ga qarshi OCHL-2 dastlabki o'yinida jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. Javob uchrashuvida esa ishtirok etmadi. 

Jarohati haqida futbolchining o'zi shunday deydi: "Sharja"ga qarshi o'yindagi jarohatim tufayli javob o'yinida ishtirok eta olmadim. 

Terma jamoa ixtiyoriga yetib kelgach, tibbiyot xodimlari MRT tekshiruvidan o'tkazishdi va shikastlanish darajasi kichik ko'rinishda ekanligini aytishdi. 

Eronning BAAga qarshi o'yinida ishtirok eta olmayman, biroq O'zbekistonga qarshi to'qnashuvga tayyor bo'laman degan umiddaman".

Eslatib o'tamiz, Izzatullohi O'zbekiatonga qarshi Toshkentdagi bahsda to'liq o'ynagandi. Erondagi javob uchrashuvi 25 mart kuni o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia