Eronlik hujumchi "Napoli"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
24 fev 2018, 11:45
Eron terma jamoasi hujumchisi Alirizo Jahonbaxsh Italiyaning "Napoli" klubiga ko'chib o'tishi mumkin.

Jahonbaxsh 2015 yildan buyon Gollandiyaning "AZ Alkmaar" klubida o'ynab kelmoqda. Bu mavsumda 27ta uchrashuvda 12ta gol urdi va 12ta golli pas berdi.

Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilda tugaydi. Biroq JCH-2018dan so'ng Alirizo Italiya klubiga o'tishi mumkin.

Eronlik hujumchiga shuningdek Angliyaning "Uotford", "Bornmut" va Shotlandiyaning "Seltik" klublari ham qiziqishmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport