AZ futbolchisining huquqlarini "Liverpul"ga 28 mln evroga sotishi mumkin

Sherzod Nurmatov
25 noya 2025
"Liverpul" yarim himoyachi Kes Smitni sotib olmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, 19 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun so'ralayotgan narx taxminan 28 million evroni tashkil qiladi. "Real", "Barselona", "Nyukasl" va "Borussiya" Dortmund ham qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso klubning bosh skauti Yuni Kalafatdan Smitni kuzatish uchun Niderlandiyaga borishni so'ragani aytilgan edi.

Smit 2025/26 yilgi mavsum 20 o'yinda 2 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt futbolchining transfer narxini 10 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider