"Real" Sebalosning o'rniga 60 mln evrolik futbolchini sotib olishi mumkin

Alisher Ostonov
27 dek 2025
Madridning "Real" klubiga "AZ Alkmaar"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Kes Smit qiziq.

Manbaning takidlashicha, o'tgan yozda "qaymoqranglilar" niderlandiyalik futbolchini 29 yoshli Daniel Sebalosga o'rinbosar sifatida ko'rayotgan edi. “AZ Alkmaar” Smitni qishki transfer oynasida qo'yib yubormoqchi emas va uning kelajakdagi sotuvidan taxminan 60 million evro ishlab olmoqchi. Yarim himoyachiga "Real"dan tashqari "Barselona”, "Manchester Yunayted”, "Nyukasl" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Smit barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 22 mln evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: The Athletic