

Eronda ayollarning futbol uchrashuviga kirishi bilan bog'li taqiq olib tashlandi. Bu haqda Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj ma'lum qildi.
"Ayollar futbol uchrashuvlariga kirishlari mumkin. Milliy xavfsizlik kengashi shunday qaror qabul qildi. Endi ishchi guruh buni qanday amalga oshirish bo'yicha ish olib boradi", -deydi Mehdi Toj.
Ma'lumot uchun, Eronda 1979 yildan beri ayollarning futbol uchrashuvlariga kirishi taqiqlangandi. Oxirgi vaqtlarda ayollarni o'yinlarga kiritish holatlari uchrab turgandi. Bu qaror endi rasman tasdiqlandi.



