

Eron va Urugvay o'rtasida o'tkazilishi kutilgan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Eron futbol federatsiyasi vakili Alavi buni quyidagicha izohladi:
"O'rtoqlik o'yini borasida to'laqonli kelishuvga erishilgandi, ammo Urugvay futbol federatsiyasi homiysi FIFA qoidalariga zid ravishda o'yinni Malayziya va Kuala-Lumpurda o'tkazishni talab qilgan. FIFA o'rtoqlik o'yinlarini muhokama qilishda qitani o'zgartirish masalasini ko'tarmoqda va federatsiyaning turli bo'linmalari FIFA vakillari bilan maslahatlashganiga qaramay, xalqaro federatsiya yakunda Eron-Urugvay o'yinini Malayziyada o'tkazishga etiroz bildirmadi va agar o'yin bekor qilinsa, eronlik futbolchilarga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atilishini ta'kidladi. Shu bois Urugvay bilan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilinib, boshqa vaqtga qoldirildi".
Eslatib o'tamiz, Urugvay 13 oktyabr sanasida Malayziyada O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.



