Eron terma jamoasi vakillari maosh va mukofot olishda muammoga duch kelishmoqda

Sherzod Nurmatov
21 noya 2023, 16:41
Jamoa a'zolariga so'nggi 9 o'yinda mukofot puli berilmagan.

Eron terma jamoa murabbiylari hamda shtab a'zolari maosh va mukofot pullari olish masalasida muammolarga duch kelishmoqda.

Yordamchi murabbiy Said Alhoyning Shaya News'ga takidlashicha, terma jamoa a'zolariga so'nggi 9 g'alabadan keyin biror marta mukofot puli berilmagan. Bazi xodimlar esa maosh olishda muammolarga uchramoqda.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 va OK-2027 qo'shma saralashi guruh bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston – Eron uchrashuvi soat 18:00 da "Bunyodkor" stadionida start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Shaya News