Eron Pro ligasi. Zaxiradan tushgan O'runov 90+1 daqiqada gol urib, jamoasiga g'alaba taqdim etdi, Masharipov zaxiradan tushdi, Yusupov to'liq o'ynadi, Yaxshiboev esa...

Alisher Ostonov
8 may 2025, 23:21
Eron Pro ligasi 29-tur doirasidagi bir nechta o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Xeybar" dastlab 25-daqiqada Farid Amirining goli evaziga hisobni ochdi, Farshad Ahmadzoda esa uni tenglashtirdi. 78-daqiqada mehmonlarning o'zbekistonlik xavbeki Oston O'runov zaxiradan o'yinga qo'shildi va 90+1 daqiqada jamoasiga g'alaba taqdim etgan golga mualliflik qildi.





"Istiqlol" o'z uyida "Chadormalu" bilan nursiz durang o'ynadi, mezbonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.





"Fulad" o'z uyida Muhammad Rizo Sulaymonining dubli evaziga g'alabaga erishdi, mehmonlardan Shaxin Tavakoli o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Mezbonlarning o'zbekistonlik posboni O'tkir Yusupov o'yinda to'liq harakat qildi.





Uchrashuv jangovar 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Afsuski, mehmonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Yaxshiboev zaxirada qoldirildi.





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia