Eron poytaxtida uchta yirik stadion quriladi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2025
Eron hukumati kelajakda Tehronda uchta yirik futbol stadioni qurishni rejalashtirmoqda.

Tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan, deydi Tehron meri Alirizo Zakoniy.

"Biz Tehronda 30 000 dan 50 000 gacha odam sig'adigan uchta stadion berpo etamiz", – dedi u.

Zakoniy stadionlar uchun joy allaqachon taminlanganini va mutaxassislar hozirda sport inshootlarini loyihalashtirayotganini ta'kidladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CNN