Ana xolos! Oston O'runov "Persepolis"da o'ynamasligi mumkin

Sherzod Nurmatov
12 fev 2024
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O'runov Tehron jamoasi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagandi.

Ma'lumotlarga qaraganda, klub sobiq darvozaboni Bojidar Radoshevich oldidagi qarzlarini uzmagan va FIFA "Persepolis"ning transfer imkoniyatlarini cheklab qo'ygan.

Jamoa sobiq futbolchisiga qarzlarini to'lab, FIFA taqiqidan xalos bo'lmagunicha qishki transfer oynasida qo'lga kiritgan futbolchilari, jumladan, Oston O'runovning xizmatlaridan foydalana olmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football365