Eron. Masharipovning assisti "Istiqlol Tehron"ga "Istiqlol Xuziston" ustidan g'alaba taqdim etdi. Tursunov to'liq o'ynadi

Administrator
8 mar 2024
Eron chempionati 19-turidan o'rin olgan "Istiqlol" klublari derbisida tehronliklar g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvda O'zbekistondan bo'lgan ikki futbolchi – Jaloliddin Masharipov va Doston Tursunov deyarli to'liq maydonda harakat qilishdi. O'yindagi yagona golga assistenlik qilgan Jaloliddin Masharipov o'yinning 83-daqiqasida zaxiraga olindi.

"Istiqlol Xuziston" – "Istiqlol Tehron" 0:1

Gol:  Gustavo Leshhuk Blanko - 41'





AdministratorMuallif
Manba: championat.asia