Eron. "Istiqlol" chempionlik sari yana bir dadil qadamni tashladi

Mirjalol Normatov
14 may 2022, 22:23
Eron chempionatining 27-turi doirasida "Istiqlol" jamoasi safarda "Fulad"ga qarshi bahs olib bordi.

Unda mehmonlarning g'alabasi kuzatildi, 2:1. Qayd etish kerak, Azizbek Amonov harakat qilayotgan "Istiqlol"ning yaqin taqibchisi "Persepolis" bilan oradagi farqi 9 ochkoni tashkil qiladi. Sherzod Temirov harakat qilayotgan "Persepolis" bugun tur doirasidagi o'z o'yinini o'tkazadi. Agarda jamoa bugun ochko yo'qotadigan bo'lsa, navbatdagi turda "Istiqlol" g'alaba qozongan taqdirda mamlakat chempionligini rasmiylashtirishi mumkin.

"Fulad" - "Istiqlol" 1:2

Gollar: Koshki (90+3) - Husaynzoda (53), Xardani (73).

A SERIYA TURNIR JADVALI


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia