Eron. "Fulad" qo'shib berilgan daqiqadagi gol evaziga g'alaba qozondi. O'tkir Yusupov to'liq o'ynadi

Omonjon To`xtamirzayev
2 yanv 2025, 19:06
Eron chempionatining 15-turida O'tkir Yusupov harakat qiladigan "Fulad" jamoasi o'z uyida "Malavan"ni qabul qildi.

Qiziqarli kechgan bellashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Abulhafizi Zadehattar 90+1-daqiqada g'alaba to'pini kiritdi. "Fulad"ning o'zbekistonlik darvozaboni O'tkir Yusupov o'yinda to'liq harakat qildi.

Eslatib o'tamiz, 15-turdan keyin 28 ochko jamg'argan "Fulad" 4-pog'onani band etib turibdi. 

Mezbonlar uchrashuvni quyidagicha tarkibda boshlashdi. 


"Fulad" - "Malavan" 2:1
Gol:
Muhammad Kozimiy 4; Abulhafizi Zadehattar 90+1` - Safarzoda 65`

Ogohlantirish: Amir Sarabadani 37


"Fulad": 1.O'tkir Yusupov, 3.Sasan Ansari, 6.A.Nemati, 9.Ehson Paxlavon (70.Abulhafizi Zadehattar 68`), 17.Amir Sarabadani, 23.Shahin Tavakkoli, 26.Muhammad Kozimiy (90.M.Askari 74`), 27.Ali Arabi, 33.Amirhussayn Najatsho, 79.Sina Asadbeigi, 92.Chimba Lusiano (11.M.Sulaymoni 74`)
Zaxira
: Mojtaba Najjarian, Mussa Kulibali, Muhammad Abbosiy, Muhammad Muhammadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia