Eron chempionati. "Traktor" o'z uyida "Malavan" bilan murosa ko'chasini tanladi, Hamrobekov 71 daqiqa o'ynadi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2026, 18:51
Eron Pro ligasi 7-turining qoldirilgan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Traktor" o'z uyida "Malavan"ni mehmon qilib, durang o'ynadi – 0:0. O'zbekiston terma jamoasi xavbeki Odil Hamrobekov 19-daqiqada jarohatlangan Igor Postonski o'rniga maydonga tushdi va bahs oxirigacha harakat qildi.

Shunday qilib, "Traktor" 23 ochko bilan 4-o'ringa joylashgan bo'lsa, "Malavan" 22 ochko bilan 7-pog'onani band etib turibdi.

Eron Pro ligasi

7-turning qoldirilgan o'yini

"Traktor" – "Malavan" 0:0

Jamoaning navbatdagi bahsi 12 yanvar kuni Hazfi Kubogi doirasida "Shams Azar"ga qarshi kechadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia