Eron chempionati. "Traktor" "Zob Ohan" bilan durang o'ynadi, Hamrobekov bir bo'lim harakat qildi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2025
Eron Fors Ko'rfazi Pro ligasi 13-turidan o'rin olgan "Zob Ohan" – "Traktor" bahsi yakuniga etdi.

Unda jamoalar murosa ko'chasini tanladi. O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov tanaffusda Mehdi Shiri o'rniga maydonga tushdi. 

"Traktor" ayni paytda 18 ochko bilan 4-o'rinda ketmoqda. "Zob Ohan" esa 13 ochko bilan 12-pog'onaga joylashgan.

Tabrizliklarning navbatdagi uchrashuvi 14 dekabr kuni "Paykon"ga qarshi kechadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia