

Unda "Persepolis" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Dastlab 53-daqiqada Oston O'runov hisobni ochgan bo'lsa, keyingi golni aynan O'runovning pasidan keyin ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Igor Sergeev urdi. Bu uning "qizillar" safidagi debyut goli edi. 90+5-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda Sergeev qo'pol harakat qilgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi.
"Persepolis" ayni paytda 31 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Mag'lub bo'lgan "Sepaxon" ham xuddi shuncha ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda.
Eron Pro ligasi
17-tur
"Persepolis" – "Sepaxon" 2:1
Gollar: Oston O'runov (Milod Muhammadi) 53', Igor Sergeev (Oston O'runov) 72' – Rikardu Alvesh penalti 90+13'



