Eron chempionati. "Istiqlol" o'z maydonida autsayder "Shams Azar Qazvin"ga imkoniyatni boy berdi, Masharipov jarohat oldi

Omonjon To`xtamirzayev
20 yanv 2025, 18:59
Eron chempionati 16-turi doirasida "Istiqlol" - "Shams Azar Qazvin" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qolgan daqiqalarda mezbonlar qanchalik urinmasin, raqib darvozasiga yo'l topa bilishmadi va kutilmaganda, autsayderga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.

Mehmonlar hisobni ochishdi. O'yinning 64-daqiqada A.Shabani raqib darvozasini ishg'ol etib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi - 0:0. Tanaffus!

Afsuski, Masharipov 6-daqiqada zaxiraga olindi. Uning o'rniga maydonga Sodig'i tushirildi.

O'zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov "Istiqlol" sharafini himoya qilishini yaxshi bilasiz. Bugun u o'yinni odatdagidek asosiy tarkibda boshladi.




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia